Isroilning Livan janubidagi hujumlari oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.
Bu haqda Al Mayadeen telekanali xabar berdi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning mamlakat janubidagi aholi punktlariga bergan zarbalari natijasida kamida 15 kishi, jumladan, 3 tibbiyot xodimi halok bo‘lgan va 68 kishi jarohatlangan.