Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Isroilning Livan sharqidagi bombardimonlari qurbonlari soni 47 kishiga yetdi

Isroilning Livan sharqidagi bombardimonlari qurbonlari soni 47 kishiga yetdi

Isroilning Livan sharqidagi aholi punktlarini bombalashi qurbonlari soni 47 nafarga yetdi, 22 nafar tinch aholi jarohat oldi. Bu haqda Baalbek-Xermel provinsiyasi gubernatori xabar bermoqda.

Avvalroq Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning Baalbek-Xermel mintaqasidagi aholi punktlariga bergan zarbalari natijasida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 20 dan ortiq kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.

"Bugun viloyatimiz uchun juda og‘ir kun... qurbonlar soni 47 kishiga yetdi, 22 nafar aholi jarohatlangan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda", — deb yozadi Bashir Xodr ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Livan sharqida payshanba kuni Baalbek-Xermel provinsiyasidagi 15 ta shahar bombardimon qilindi, deya xabar beradi fuqarolik mudofaasi.

Kiritildi: Bugun 11:33. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!