Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Isroilning Hizbullohga qarshi havo hujumlarida livanlik 274 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Hizbullohga qarshi havo hujumlarida livanlik 274 kishi halok bo‘ldi

Isroilning 23 sentyabr kuni “Hizbulloh” nishonlariga bergan keng ko‘lamli zarbalari natijasida 300 ga yaqin odam, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi, deb xabar berdi Livan rasmiylari. Bir haftadan kamroq vaqt ichida 5 mingga yaqin odam jarohat oldi, deb yozadi DW.

Livan sog‘liqni saqlash vaziri Firas Abiad 23 sentyabr, dushanba kuni Isroilning Livandagi Hizbulloh nishonlariga uyushtirgan yirik zarbasi natijasida 274 kishi, jumladan, 39 ayol va 21 bola halok bo‘ldi, dedi Bayrutdagi matbuot anjumanida. Livanning davlatga qarashli NNA axborot agentligi halok bo‘lganlar orasida favqulodda xizmatlar xodimlari ham borligini aytdi. Yana 1025 kishi jarohatlangan.

Abiadning aytishicha, minglab oilalar mamlakatning urush bo‘lgan hududlaridan xavfsizroq hududlarga qochishga majbur bo‘lgan. Shu bilan birga, "bir haftadan kamroq vaqt ichida" Isroilning o‘qqa tutilishi natijasida 5 mingga yaqin odam jarohat oldi, dedi livanlik vazir.

"Bugun mamlakatda 1989 yildagi fuqarolar urushi tugaganidan beri eng halokatli kun bo‘ldi", — deya ma’lum qildi Livan rasmiylaridan biri Reuters agentligiga.

Ayni paytda Livanning “Hizbulloh” guruhi Isroilga raketa bilan hujum qilishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Isroil matbuotiga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrda harbiy harakatlar boshlanganidan beri birinchi marta uzoq masofali raketalar qo‘llanilmoqda. Isroil tomonidan qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galant mamlakat aholisini xotirjamlikka va tartibni saqlashga chaqirdi.

Kiritildi: 23:30 23.09.2024. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!