Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi, ko‘plari yaralandi.
Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar jarohatlandi.
Ulardan 3 nafari G‘azo shahridagi Shati qochqinlar lageridagi bir guruh falastinliklarga Isroil uchuvchisiz samolyoti tomonidan o‘q uzishi oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda hujum qurbonlari va jarohatlanganlar jasadlari olib ketilgan Al-Ahli baptistlar kasalxonasi xodimlari ma’lum qildi.
Isroil harbiy-havo kuchlarining G‘azo janubidagi Sabra hududini bombardimon qilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzi oqibatida 45 436 falastinlik halok bo‘ldi, 108 038 nafari yaralandi. Isroil hujumlari qurbonlari orasida 17 492 nafar bola va 11 979 nafar ayol bor.
Halok bo‘lganlarning jasadlari hali ham vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqarolik mudofaa guruhlari Isroil harbiylari keltirib chiqargan to‘siqlar tufayli ularga yetib bora olmaydi.