Isroil havo kuchlarining G‘azo sektorining markaziy qismidagi Nusayrat va Al-Mag‘ozi qochqinlar lagerlariga uyushtirgan zarbalari natijasida 13 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi, ko‘plab insonlar yaralandi.
“Anadolu” agentligining tibbiy manbalarga tayanib xabar berishicha, Isroilning G‘azo sektori markaziga uyushtirgan havo hujumlaridan so‘ng 13 nafar halok bo‘lgan va ko‘p sonli yaradorlarning jasadi Al-Aqsa shahidlari kasalxonasiga yetkazilgan.
Sog‘liqni saqlash rasmiylarining aytishicha, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida bolalar va ayollar ham bor. Guvohlarning aytishicha, Isroil jangovar samolyotlari Nusayrat va Al-Mag‘ozi qochqinlar lagerlaridagi ikkita uyga havo hujumi uyushtirgan va vayronagarchilik va katta zararga sabab bo‘lgan.
Guvohlarning ham qayd etishicha, qutqaruv xizmatlari va tibbiyot guruhlari bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchun vayronalar ostidan qidirish ishlarini davom ettirmoqda.