Yamanning "Ansor Alloh" harakati husiylari Isroildagi ikkita nishonga, jumladan Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroportiga zarba berdi.
Bu haqda isyonchilar tomonidan tuzilgan qurolli kuchlar vakili Yahyo Saria ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, xusiylar hujumlar vaqtida gipertovushli ballistik raketalardan foydalangan.
"Raketa qo‘shinlari ikkita ballistik raketadan foydalangan holda harbiy operasiya o‘tkazdi, uning davomida Ben-Gurion aeroportiga hujum qilindi," - dedi u.