Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari "o‘z hayotini ehtiyot qilishga" chaqirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari "o‘z hayotini ehtiyot qilishga" chaqirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi yurtdoshlarimizga murojaat qildi.

"Hozirgi paytda mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib o‘zingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz.

Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefoningizga o‘rnating.

Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang.

Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling !!!

Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:

03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

+972 54 485 1397"

Kiritildi: Bugun 11:59. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!