Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Isroilda turizm qiyin ahvolda

Isroilda turizm qiyin ahvolda

Isroildagi mehmonxonalarning qariyb 10 foizi G‘azo urushi boshlanganidan beri sayyohlar soni keskin kamayishi ortidan moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi, deya xabar qildi Yedioth Ahronoth nashri.

Isroil mehmonxonalar assosiasiyasi (IHA) 2024 yilning birinchi yarmidagi mehmonxona faoliyati to‘g‘risidagi hisobotida Isroil turizm sektori oldida turgan jiddiy moliyaviy muammolar turganini qayd etdi.

Assosiasiya bosh direktori Sivan Detaukerning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxonalarning 10 foizga yaqini tez orada yopilish xavfi ostida, boshqa ko‘plab mehmonxonalardagi vaziyat inqiroz holatida.

2024 yilning birinchi yarmida mehmonxonalarda 969 mingga yaqin yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 81 foizga kam sayyoh tunagan.

Turizm vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning birinchi olti oyida Isroilga bor-yo‘g‘i 500 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ikki millionga nisbatan – 76 foizga kam.

Sayyohlarning yetishmasligi mehmonxona va turizm xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan Quddus aholisiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 20:50 26.07.2024. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!