Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroilda karantindan keyin qaysi savdo markazlari ochilishi lotereya orqali aniqlanadi

Isroilda karantindan keyin qaysi savdo markazlari ochilishi lotereya orqali aniqlanadi

Isroilda karantin bekor qilinganidan so‘ng ko‘ngilochar-savdo markazlarini ochish rejalashtirilmoqda. 27 noyabr kuni 15ta savdo markazi o‘z ishini boshlaydi. Qaysi savdo markazlari ochilishi esa lotereya orqali aniqlanadi.

Hukumat aynan qaysi savdo markazlari ochilishini aniqlash uchun maxsus lotereya o‘tkazadi. Buning uchun savdo markazlari egalari ro‘yxatdan o‘tishi va sog‘liqni saqlash vazirligining barcha talablarini bajarishini tasdiqlashi lozim.

 Lotereya moliya, iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash vazirliklari ishtirokida o‘tkaziladi.

Dastlab savdo markazlari 6 dekabrgacha ishlaydi. Hukumat epidemiologik vaziyatni monitoring qilib boradi. Shundan so‘ng savdo markazlari faoliyatini davom ettirishi borasida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Isroil sentyabrda qat’iy karantinni qaytadan joriy etgandi. Unga ko‘ra, uydan 500 metr masofa uzoqqa borish mumkin emas. Restoran, mehmonxona, sport zallari va basseynlar yopilgan.

Oradan bir oy o‘tgach, mamlakatda karantin cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 09:33 27.11.2020. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!