Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroilda G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuvi yuzasidan bahslar kuchaymoqda

Isroilda G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuvi yuzasidan bahslar kuchaymoqda

Isroilda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv yuzasidan bahslar davom etmoqda. Muxolifatdagi “Milliy birlik” partiyasi yetakchisi va harbiy kabinetning sobiq a’zosi Beni Gants Bosh vazir Binyamin Netanyaxuni bitim imzolashga chaqirdi. U, zarur bo‘lsa, bunday bitimning narxi “uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish” bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

🔹 Gantsning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad – barcha garovdagi shaxslarni imkoni boricha tezroq ozod qilish, ularni bosqichma-bosqich bitimlar orqali “savdolashuv vositasi”ga aylantirmaslikdir. U, shuningdek, kelishuv G‘azoning demilitarizasiyasini ham o‘z ichiga olishi kerakligini ta’kidladi.

🔸 Shu bilan birga, hukumatdagi ultrahuquqchi siyosatchilar bunday tinchlik bitimlariga keskin qarshi chiqmoqda. Ichki xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va moliya vaziri Besalel Smotrich sulhga qarshi chiqib, bu holat HAMASga kuch to‘plash imkonini berishini aytmoqda. Smotrich bu jarayonni “Isroil xavfsizligiga eng katta tahdid” deb atadi.

❗ Biroq, garovdagi shaxslarni kuch ishlatib ozod qilish amaliyoti ilgari bir necha bor fojiali yakun topgan. 2023 yil dekabrida Shajayiyada qochgan uch garovdagi shaxs Isroil askarlari tomonidan adashib o‘ldirilgan. Shuningdek, bir necha holatlarda garovdagi shaxslar Isroil armiyasi o‘qi natijasida halok bo‘lgan.

📌 G‘azodagi urush va garovdagi fuqarolar masalasi Isroil ichki siyosatida murakkab muammoga aylangan. Bir tomonda – xalqaro bosim va tinchlik istagi, ikkinchi tomonda – xavfsizlik va siyosiy manfaatlar.

Kiritildi: 17:14 01.07.2025. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!