Isroil polisiyasi Eron razvedkasi uchun ma’lumot yig‘ishda gumon qilingan yetti kishini hibsga oldi. Bu haqda manbalarga tayanib , Reuters xabar berdi . Hibsga olinganlarning barchasi Isroil fuqarolari, ulardan ikki nafari voyaga yetmaganlar. Polisiyaning aniqlik kiritishicha, gumonlanuvchilar yollanma maqsadda – pul uchun harakat qilgan. «Ma’lum bo‘lishicha, ularga Eronning ikki razvedkasi mamlakat bo‘ylab harbiy bazalarda yuzlab ma’lumot yig‘ish missiyalarini bajarish vazifasini topshirgan», deyiladi xabarda. Isroil prokuraturasi tez orada ayblov xulosasini chiqarishi kutilmoqda.