Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Isroil xavfsizlik kuchlari 5 nafar falastinlikni o‘ldirdi

Isroil xavfsizlik kuchlari 5 nafar falastinlikni o‘ldirdi

Isroil xavfsizlik kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil janubida uyushtirgan reydda kamida besh falastinlikni o‘ldirdi.

WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, Eriha shahridagi Aqaba Jebr qochqinlar lagerida muntazam xavfsizlik reydlari o‘tkazilgan.

To‘qnashuvlar natijasida bir necha falastinlik halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil kuchlari reydlar chog‘ida uch falastinlikni, jumladan Falastinning XAMAS harakati yetakchilaridan biri Shakir Amaruni hibsga olgan.

Xamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya qochqinlar lageridagi voqealarni “dahshatli fojia” deb atadi.

Falastin xalqi bor ekan, dushmanga orom yo‘q,-dedi Haniya, Falastinliklarning qarshiliklaridan voz kechmasligini ta’kidladi.

Isroil armiyasi reyd "28 yanvar kuni restoranga hujum qilgan terrorchilar yacheykasini yo‘q qilish" maqsadida amalga oshirilganini aytdi.

Isroil rasmiylarining KAN agentligiga aytishicha, reydda kamida besh falastinlik halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Isroilning Aqaba Jabr lageriga uyushtirgan reydlari chog‘ida 13 nafar falastinlik yaralangan edi.

Kiritildi: 22:20 06.02.2023. O'qildi: 1950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!