4-yanvarga o‘tar kechasi Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Suriya shimoli-g‘arbidagi Latakiya port shahri yaqinidagi harbiy obektlarga raketa hujumlarini amalga oshirdi.
Al Hadath telekanaliga ko‘ra, hujum O‘rta yer dengizidan sodir etilgan.
Hujum oqibatlari haqida tafsilotlar hozircha noma’lum. Isroil rasmiylari yoki ID qo‘mondonligi hech qanday izoh bermayapti.
3 yanvar kuni Halab yaqinidagi Safira hududidagi mudofaa korxonalari va o‘q-dorilar omborlariga, shuningdek, Es-Suvayda provinsiyasidagi Xalxal harbiy ayerodromiga havo hujumlari uyushtirildi.
Damashqdan 20 km janubda joylashgan sobiq Suriya armiyasining 90-zirhli brigadasining bazasi bombardimon qilingan.