Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Isroil “Oq kaskalilar”ni Suriyadan ko‘chirdi

A A A
Isroil “Oq kaskalilar”ni Suriyadan ko‘chirdi

Isroil “Oq kaskalilar” nohukumat tashkiloti a’zolarini oilalari bilan birga – jami 800 ga yaqin kishini Suriyadan Iordaniyaga ko‘chirdi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Emmanuel Naxshon Tvitter orqali ma’lum qilgan.

“AQSH, Kanada va bir qator Yevropa davlatlari iltimosiga ko‘ra, Isroil davlati “Oq kaskalilar” va ularning oilalarini qutqarish bo‘yicha gumanitar harakatni amalga oshirdi, – deya yozdi Naxshon. – Ular Suriya janubidagi jangovar harakatlar hududidan qo‘shni mamlakatga ko‘chirildi”.  

«Oq kaskalilar» a’zolari uch oy ichida Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanada hududiga joylashtiriladi.

AQSh 2013 yildan beri «Oq kasakalilar»ni qo‘llab-quvvatlash uchun 33 milliondan ortiq mablag‘ ajratgani aytiladi. Mazkur tashkilot hukumat aviasiyasining tinch aholi yashaydigan joylarga zarba bergani haqida ma’lumot tarqatib kelgan. Tashkilot a’zolari hujumlarga uchragan odamlarga yordam ko‘rsatgani haqida videolavhalar namoyish etib kelingan

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:49 23.07.2018. O'qildi: 1230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik