Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil Madrimovning jangi qoldirildi

Isroil Madrimovning jangi qoldirildi

Bu haqda tashkilotchilar xabar berdi.

30 oktyabr kuni Toshkentdagi "Humo Arena"da Lift Promotions va O‘zbekiston professional boks federasiyasi hamkorligida yirik prof boks turniri o‘tkazilishi va musobaqa doirasida o‘zbekistonlik sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov ringga chiqishi haqida xabar berilgandi.

Isroilga turnirda ozarbayjonlik Seymur Isayev raqiblik qilishi aytilgan edi.

Biroq Lift Promotions kompaniyasining ma’lum qilishicha, turnir 10 dekabr sanasiga qoldirildi.

"Aziz muxlislar!

30 oktyabr kuni "Humo Arena"da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Xalqaro Professional Boks Kechasi" tashkiliy sabablarga ko‘ra 10 DEKABRGA ko‘chirildi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Biz uchun sizning ishonchingiz va xavfsizligingiz muhim", deyiladi tashkilot xabarida.

Kiritildi: 23:25 13.10.2026. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!