Isroil havo kuchlari Livanning Hermel mintaqasiga hujum uyushtirdi, Isroil tomonining so‘zlariga ko‘ra, natijada Suriyaning janubida Isroil qo‘shinlariga qarshi hujumlarni rejalashtirayotgan eronlik agent o‘ldirilgan.
Isroil armyasi vakili Ella Vaviya bu haqda ijtimoiy tarmoq sahifasida chop etilgan bayonotida e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida Suriyaning janubida joylashgan Isroil kuchlariga hujum qilish rejalarini ishlab chiqayotgan Yusuf Ali al-Hassun o‘ldirilgan.
Isroil armiyasi al-Hassun Hizbulloh bilan aloqador bo‘lganini va Eronning ko‘rsatmalari asosida harakat qilganini da’vo qilmoqda.
Bayonotga ko‘ra, u Isroil harbiy nishonlariga portlovchi moddalar bilan qurollangan dronlardan zarba berishni rejalashtirgan.