Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroil Livan janubiga aholi qaytishini to‘smoqda

Isroil Livan janubiga aholi qaytishini to‘smoqda

Livan armiyasi qo‘mondonligi Isroil qo‘shinlarini xalqaro kelishuvlarni buzishda aybladi.

Livan armiyasi qo‘mondonligiga ko‘ra, Isroil armiyasi tomonidan davom etayotgan hujumlar va xalqaro huquqiy kelishuvlarning buzilishi mamlakat janubida Livan harbiylarini joylashtirishga to‘sqinlik qilmoqda hamda qochqinlarning o‘z uylariga qaytishiga imkon bermayapti.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, Isroil qo‘shinlari turar joy uylarini buldozerlar yordamida muntazam ravishda buzmoqda, shuningdek, janubiy hududlarning bir nechtasida artilleriya va pulemyotlardan o‘q uzmoqda. Livan armiyasi qo‘mondonligi bu kabi harakatlar mintaqada barqarorlikni tiklashga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarni izdan chiqarayotganini ta’kidladi.

Harbiy idora ma’lumotiga ko‘ra, Isroil armiyasi bir qator aholi punktlariga zarbalar bergan, shuningdek, Markaba tumanida joylashgan Litani daryosi milliy boshqarmasiga qarashli suv inshootini ham bombardimon qilgan.

Bundan tashqari, Isroil qo‘shinlari qishloq xo‘jaligi yerlarini vayron qilib, ko‘p asrlik zaytunzorlarga o‘t qo‘yayotgani qayd etilgan.

Livan rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, 2 martdan buyon Isroil armiyasining hujumlari oqibatida mamlakatda 4330 nafar kishi halok bo‘lgan, yana 12 236 nafar kishi jarohat olgan.

Shu bilan birga, Isroil Livan janubidagi ayrim hududlarni nazorat qilishda davom etmoqda. Ular qatoriga 2023 yil oktyabridan 2024 yil noyabrigacha bo‘lgan janglar davomida egallangan hududlar, shuningdek, bir necha o‘n yillardan buyon nazorat qilib kelinayotgan yerlar ham kiradi.

Kiritildi: 21:04 27.07.2026. O'qildi: 1314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik