Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil Hizbulloh bilan urushga tayyorlanmoqda

Isroil Hizbulloh bilan urushga tayyorlanmoqda

Isroil armiyasi asosiy e’tiborni Livan bilan ehtimoliy urushga qaratgan holda G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni tugatishga tayyorlanmoqda, deb yozadi Isroilning Haaretz nashri.

Gaha sektorida XAMAS terrorchilik guruhi to‘liq mag‘lubiyatga uchramaganiga qaramay, generallar bosh vazir Benyamin Netanyaxuga G‘azo sektoridagi kampaniyani hozirgi formatda tugatish taklifi bilan murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Harbiylar strategik muhim hududlarda faoliyat yuritayotgan qo‘shinlar sonini qisqartirishni va garovga olinganlarni almashish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha aloqalarni qayta tiklash uchun XAMASning qo‘shimcha nishonlariga qarshi reydlarga o‘tishni taklif qilmoqda.

Agar diplomatik sa’y-harakatlar muvaffaqiyatli bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar Livanda «Hizbulloh» terrorchilik guruhi qo‘shinlarini Isroil bilan chegaradan olib chiqishga qaratilgan diplomatik bitim tuzishga so‘nggi urinib ko‘radi.

Agar diplomatik jarayon kutilgan natijalarni bermasa, Isroil shimolda keng ko‘lamli urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya ta’kidlaydi Haaretz.

Kiritildi: 01:26 23.06.2024. O'qildi: 1286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!