Isroil harbiy-havo kuchlari Tehrondagi harbiy ob’ektlarga zarba berishni boshladi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati bayonotida aytilgan.
"Isroil havo kuchlari ayni damda Tehrondagi harbiy ob’ektlarga zarba bermoqda", — deyiladi bayonotda.
Harbiylarning qo‘shimcha qilishicha, Isroil armiyasi bir vaqtning o‘zida Erondan Isroil hududiga uchirilgan raketalarni tutib olish ustida ishlamoqda.