Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Isroil harbiylari G‘azoga qaytishni istamayapti

Isroil harbiylari G‘azoga qaytishni istamayapti

Piyodalar brigadasining 20 nafar isroillik askari G‘azodagi jangga qaytishdan bosh tortdi, ba’zilariga agar talablarga rioya qilmasa, harbiy sudga tortilishi aytildi, deb xabar berdi Isroil jamoat televideniyesi KAN.

Seshanba kuni 10 ga yaqin askar G‘azo sektoriga qaytishga rozi bo‘lmasa, harbiy buyruqlarga bo‘ysunmagani uchun sudga tortilishi haqida xabar olgani xabar qilingan.

🫷 Ba’zi askarlar 10 oylik janglardan so‘ng endi G‘azoga qaytib kela olmasliklarini, balki boshqa mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga tayyor ekanliklarini aytishdi. Xuddi shunday xabarlar boshqa batalonlardan ham kelayapti.

❕ Ba’zi askarlarning oilalari o‘g‘illari G‘azo urushida qatnashishga majbur qilinayotgani yoki qamoqqa tashlanishi mumkinligini bildirishdi, ular buni qabul qilib bo‘lmas deb hisoblashdi.

Avvalroq Isroil armiyasi «kuch yo‘qligi» sababli zahiradagi askarlarni chaqirish haqida e’lon qilgan edi.

Bundan tashqari, G‘azo sektorida davom etayotgan urush fonida bir qancha yuqori martabali harbiy amaldorlar iste’foga chiqdi.

Kiritildi: 12:56 01.09.2024. O'qildi: 2376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!