Isroil harbiylari Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Jenin shahrida diplomatik delegasiyaga qarata o‘t ochdi.
Bu haqda WAFA agentligi xabar bermoqda.
"Isroil bosqinchi kuchlari Jenindagi lagerga kiraverishda bo‘lgan diplomatik delegasiyani jangovar o‘qlar bilan o‘qqa tutdi," - deyiladi materialda.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, delegasiya tarkibiga Yevropa va arab mamlakatlari, jumladan, Rossiyadan 20 dan ortiq diplomat kirgan.