Habar berilishicha kecha HAMAS Isroilga 4ta jasadni topshirgan. Isroil tomonidan jasadlarni identifikasiya qilish jarayoni o‘tkazilgan. Ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS Shiri Bibasniki deb bergan jasad DNKsi garovga olinganlarni xech birinikiga mos kelmagan va bu “noma’lum jasad” ekani ma’lum qilingan.
Tuzilgan kelishuvga ko‘ra, HAMAS Shiri Bibas va uning ikki nafar farzandining jasadlarini qaytarishi kerak edi. Bolalarning jasadlari haqiqatdan ham qaytarilgan. Shuningdek, harbiylar qaytarilgan jasadlardan biri Oded Lifshisga tegishli ekanini tasdiqlagan.