Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroil G‘arbiy sohilda 5 falastinlikni qamoqqa oldi

Isroil G‘arbiy sohilda 5 falastinlikni qamoqqa oldi

Isroil qo‘shini kecha tunda G‘arbiy sohilning turli hududlarida 6 nafar falastinlikni qamoqqa oldi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Isroil qo‘shini tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, falastinliklar mahalliy terrorchi guruhlarga a’zolikda shubhalanib qamoqqa olingan. Ular tergovga topshirilgan.

Odatda Isroil polisiyasi yarim tundan oshganda falastinliklarni qamoqqa olish operasiyalarini o‘tkazadi.

Falastinning asirlar ishi bo‘yicha qo‘mitasi bergan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Isroil qamoqxonalarida 5700 nafar falastinlik bo‘lib, ulardan 230 nafari bolalar, 48 nafari ayollardir. Ulardan, 1800 tasi kasal bo‘lib, 700 nafari tez tibbiy yordamga muhtoj.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 22:15 24.04.2019. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!