Isroil Mudofaa Kuchlari raketa materiallari ishlab chiqarishda foydalanilgani sababli Eronning eng yirik neft-kimyo zavodiga zarba berilganini tasdiqladi.
Bu haqda The Times of Israel nashri Isroil armiyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
"Asaluy zavodida portlovchi moddalar va ballistik raketalar uchun yoqilg‘i, shuningdek, qo‘shimcha qurol-yarog‘ ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallar uchun markaziy ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan", deyiladi bayonotda.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu zavod Eronning raketa sanoati uchun muhim komponentlarni ishlab chiqarish uchun asosiy markaz bo‘lib xizmat qiladi.
"Isroil armiyasi Eronning ikkita eng yirik neft-kimyo majmuasiga zarba berdi va mamlakatning neft-kimyo eksport salohiyatining 85% dan ortig‘ini ishdan chiqardi", deb da’vo qildi Isroil harbiylari.
Dam olish kunlari Isroil Eron janubidagi yana bir yirik neft-kimyo zavodiga zarba berdi.