Isroil mudofaa kuchlari Eronning turli turdagi raketa va uchirma qurilmalari saqlanadigan yer osti omboriga zarba berdi.
Tegishli bayonot armiya matbuot xizmatining "Telegram" kanalida e’lon qilingan.
"Isroil Eron g‘arbidagi "er-er" sinfidagi raketalar va qanotli raketalarni saqlash va uchirish uchun yer osti inshootiga hujum qildi", — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, razvedka boshqarmasi boshchiligidagi qiruvchi samolyotlari "er-er" raketalarini saqlash tunnellari, qanotli raketalar va ko‘plab uchirish siloslarini o‘z ichiga olgan yer osti inshootiga hujum qilgan.