Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil bosqinchiligi tufayli AQSh rasmiylari safi kamayib bormoqda

Isroil bosqinchiligi tufayli AQSh rasmiylari safi kamayib bormoqda

AQSh Ichki ishlar vazirligida maxsus yordamchi bo‘lib ishlagan 24 yoshli muslima Maryam Hasseyn Bayden ma’muriyatining Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyatga doir siyosatiga rozi bo‘lmagani uchun iste’foga chiqdi.

«Men musulmon va amerikalik sifatida Isroilning falastinliklarga qarshi genosidini moliyalashtirish va yordam berishda davom etib, turli xodimlarining ovozini e’tiborsiz qoldiradigan ma’muriyat uchun ishlashni davom ettira olmayman», dedi Hasseyn ishdan bo‘shatish sababi haqida.

U ma’muriyatni falastinliklar uchun adolatga chaqirayotgan xodimlarni e’tiborsiz qoldirganlikda tanqid qildi va prezident Baydenni zo‘ravonlikni moliyalashda va arablarga qarshi stereotiplarni targ‘ib qilishda davom etayotganlikda aybladi.

«Oilam va men, boshqa musulmonlar va arab amerikaliklar bilan 2020 yilda prezident Baydenga ovoz berish uchun chiqqanimizda, bu Bayden kampaniyasi adolat va’da qilgani uchun edi. Bu va’da va ma’muriyatga bo‘lgan ishonch puchga chiqdi», - deya qo‘shimcha qildi Hasseyn.

❕ Uning iste’fosi AQSh hukumati xodimlari o‘rtasidagi norozilik to‘lqinining bir qismiga aylandi. Yaqinda 11 ga yaqin kishi Vashingtonning G‘azodagi mojaro bo‘yicha pozisiyasiga rozi emasligi belgisi sifatida o‘z lavozimini tark etgan.

Kiritildi: 17:55 03.07.2024. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!