Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 253 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
- Bosqinchilar Nuseyrat lageri, Shujaya hududi va Rafahga hujum qildi. Kun davomida 34 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon shahid bo‘lganlar 37266 nafarga yetdi.
- G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Tulkarm, Nablus, Ramallah va Jeninga hujum qildi. 2 kishi jarohatlangan. 30 dan ortiq falastinlik hibsga olingan.
- Bosqinchilar Rafahdagi Amirliklar shifoxonasiga artilleriyadan o‘t ochdi va Indoneziya shifoxonasiga o‘t qo‘ydi.
- Hizbulloh o‘nlab "Falak" va "Katyusha" raketalari bilan sionistlarni o‘qqa tutdi. Isroil shimolida hamon yong‘in davom etmoqda.
- Al-Qassam brigadalari: "Biz Az-Zaytun hududidagi uy va tunnelni portlatib, bosqinchilar otryadini yo‘q qildik".
- Iroq Islomiy qarshilik kuchlari Hayfa portiga hujum qildi.
- "Associated press": AQSh harbiy-dengiz kuchlari Yamandagi sirli kuchlar bilan dengiz jangida oldinga siljiy olmayapti. Amerika Qizil dengizda Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng kuchli qarshilikka duch kelmoqda.
- Pentagon: G‘azo bo‘ylab suzuvchi iskala vaqtincha demontaj qilinib, bo‘ronli ob-havo tufayli Ashdod portiga ko‘chirildi.
- Qizil dengizdagi kemalar “Ozod Falastin” va “Bizning Isroil bilan hech qanday aloqamiz yo‘q” shiorlari ostida suzyapti.
- Metulla ishg‘ol posyolkasi boshlig‘i: "Isroil hukumati mamlakat shimolidagi nazoratni boy berdi va bu holat ularni tashvishlantirmayotganidan xavotirdaman".