Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroil bir necha oylik maxfiylikdan so‘ng o‘z fuqarolarini o‘ldirganini tan oldi

Isroil bir necha oylik maxfiylikdan so‘ng o‘z fuqarolarini o‘ldirganini tan oldi

Isroil G‘azodagi havo hujumlari chog‘ida uch nafar isroillik garovga olinganlarni, jumladan, o‘zining ikki askarini o‘ldirganini tan oldi.

Isroil kuchlari ularning o‘limi haqida fevral oyidan beri bilishgan bo‘lsada, ular ma’lumotni bir necha oy davomida yashirib, yaqinda qurbonlarning oilalariga oshkor qildi.

Garovga olinganlar Hamasning yuqori martabali mulozimiga qarshi uyushtirilgan zarbada halok bo‘ldi, deb xabar berdi 12-kanal, harbiylar ularning borligidan bexabar ekanini da’vo qilmoqda.

Isroilning Falastinning G‘azodagi harakatlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamasligi fonida yangi tafsilotlar paydo bo‘lgani sababli garovga olinganlarning oilalari javob talab qilmoqda.

Isroil G‘azoda davom etayotgan havo hujumlarida boshqa garovga olinganlarni ham o‘ldirganini tan oldi, bu esa Bosh vazir Benyamin Netanyaxu hukumati garovga olinganlarni almashish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokara o‘tkaza olmagani ustidan butun mamlakat bo‘ylab noroziliklarni keltirib chiqardi.

Isroilning qamaldagi G‘azoni bombalashi oqibatida 42 000 ga yaqin falastinlik halok bo‘ldi, 100 000 ga yaqini yaralandi.

Kiritildi: Bugun 12:48. O'qildi: 880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!