Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 394 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya va Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 28 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 43314 kishi shahid bo‘ldi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Al-Xalil, Qalqilya, Nablus, Baytlahm va Ramallohga hujum qildi. O‘nlab falastinliklar hibsga olingan, 2 nafari yaralangan.
▪️JSST: Isroil qo‘shinlari G‘azo shahridagi poliomiyelitga qarshi emlash markaziga shovqinli granata tashlab, to‘rt bolani jarohatladi.
▪️YUNISEF: Ikki kun ichida Jabaliyada 50 dan ortiq bola halok bo‘ldi.
▪️G‘azodan Al-Quds brigadalari Sderot, Maflasim va mintaqaga eng yaqin aholi punktlariga raketa uchirdi.
▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi 26 ta operasiyani amalga oshirdi. Tel-Avivdagi Glilot bazasi, Akredagi Sharaga bazasi, Ramat Daviddagi baza va aeroport, Hayfadagi Zovolun bazalari hujumga uchragan. Hula shahrida 2 ta harbiy buldozer portlatib yuborildi.
▪️Bu kecha bosqinchilar Livanning Joya, Adlon, Humayn va Al-Xiom shaharlariga havo hujumlarini uyushtirdi. Umuman olganda, agressiya boshlanganidan buyon 2968 kishi halok bo‘ldi, 13319 kishi jarohat oldi.
▪️BMT: 17 sentyabrdan beri Isroilning Livanga hujumi oqibatida 85 nafar shifokor xizmat vaqtida halok bo‘ldi.