Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Isroil armiyasi G‘azoda HAMASga qarshi yangi operasiya o‘tkazmoqda

Isroil armiyasi G‘azoda HAMASga qarshi yangi operasiya o‘tkazmoqda

Isroil Mudofaa Kuchlari G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya hududida AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terrorchi guruh deb belgilangan HAMAS guruhiga qarshi yangi operasiya boshladi.

ID bayonotida aytilishicha, Isroil harbiylari mintaqada qurolli jihodchilar va ularning infratuzilmasini aniqlagan. IDning ma’lum qilishicha, Isroil aviasiyasi Hamasning o‘nlab harbiy ob’ektlari, jumladan, qurol omborlari, yer osti infratuzilmasi va boshqa ob’ektlarga hujum qilgan.

Harbiylarga ko‘ra, Falastin guruhi Jabaliya hududida o‘zining operativ imkoniyatlarini tiklashga intilmoqda.

Hamas nazoratidagi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq maktab va masjid Isroil harbiylari tomonidan hujumga uchragan. Ta’kidlanishicha, 26 kishi halok bo‘lgan, bir necha o‘nlab odamlar yaralangan. Masjid G‘azo markazidagi Dayr al-Bahlda joylashgan edi. Bugun ertalab e’lon qilingan ID bayonotida ayni hududdagi sobiq maktabga qilingan hujum ham nazarda tutilgan. Har ikkala bino ham XAMAS tomonidan qo‘mondonlik va nazorat markazlari sifatida foydalanilgan, deydi harbiylar.

Isroil armiyasi o‘tgan yilning 7 oktabr kuni Xamasning Isroil janubiga hujumi yilligi arafasida G‘azo sektoriga bugungi reydni boshlagan edi. Mingdan ortiq odam jihodchilar hujumi qurboniga aylandi. 250 ga yaqin odam garovga olinib, G‘azoga olib ketildi.

Garovdagilarning bir qismi Isroilning XAMAS bilan kelishuvi doirasida ozod qilingan. Hali ham yuzga yaqin odam qo‘lga olingan, ulardan 40 ga yaqini o‘lik deb hisoblanadi.

Kiritildi: 22:12 06.10.2024. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!