Isroil kuchlari Nagav cho‘lining janubida joylashgan Araqib cho‘lini 130-marta buzdi, deya xabar bermoqda “Ixlas” xabar agentligi.
Shu qishloqda yashovchi Aziz al-Turiyning aytishicha, polisiyachilar va buldozerlar ertalab soat sakkizda qishloqqa kirib kelib, buzish ishlarini boshlab yuborgan.
Araqib Isroil hukumati tan olmaydigan 35 ta badaviy qishlog‘idan biri hisoblanadi. Mazkur qishloq ilk marotaba 2010 yilda buzilgan edi. Isroil hukumati qishloqdagilarning hukumatga bo‘sunadigan tumanlarga ko‘chishini istamoqda.
Manba: azon.uz