Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil Amerika taklifiga rozi bo‘ldi

Isroil Amerika taklifiga rozi bo‘ldi

Qatar muzokaralarida ishtirok etayotgan Isroil delegasiyasi AQShning o‘zaro almashish kelishuvi doirasida ozod qilinadigan jangarilar soni bo‘yicha murosa taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Isroil matbuoti xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Doha hozirda HAMASning bu taklifga javobini kutmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Isroil va HAMASning kelishuvga kelishiga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlardan biri jangarilar garovga olish evaziga ozod qilishni talab qilgan falastinlik mahbuslar soni bo‘lgan.

Manbalarga ko‘ra, Isroil tomoni go‘yoki ozod etilishi kerak bo‘lgan falastinlik mahbuslar soni bo‘yicha Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Byorns Dohada e’lon qilgan murosaga rozi bo‘lgan. Ularning aniq soni oshkor etilmagan.

Aniqlik kiritilishicha, endi masala HAMASga bog‘liq bo‘lib, u hali o‘z javobini bermagan. Mossad rahbari va muzokarachilar guruhining boshqa a’zolari Qatarda faoliyatini davom ettirmoqda.

Isroil rasmiylari bu ma’lumotga hozircha izoh bermagan.

Kiritildi: 12:06 24.03.2024. O'qildi: 7385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!