Ispaniyada uch kun ichida ikkinchi temir yo‘l halokati yuz berdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Barselonaga yaqin hududda yo‘lovchi poyezdining relslardan chiqib ketishi oqibatida mashinist halok bo‘lgan, kamida 14 kishi jarohat olgan.
Kataloniyada sodir bo‘lgan bu hodisa Andalusiya mintaqasida sodir bo‘lgan tezkor poyezdlar to‘qnashuvidan ikki kun o‘tib ro‘y berdi. Andalusiyadagi falokat Ispaniyada so‘nggi o‘n yildan ortiq vaqt ichida sodir bo‘lgan eng yirik temir yo‘l fojiasi bo‘lib, unda kamida 42 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.