Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Ispaniyada favqulodda holat e’lon qilindi

Ispaniyada favqulodda holat e’lon qilindi

Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari sabab favqulodda holat e’lon qilindi.

Bugun, 24 aprel kuni Ispaniya hukumati Madrid provinsiyasi g‘arbiy qismini qamrab olgan va qo‘shni Avila provinsiyasiga xavf solayotgan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari sababli milliy darajadagi favqulodda holat e’lon qildi.

Qayd etilishicha, qaror Madridning g‘arbiy qismida bir vaqtning o‘zida uchta yong‘in sodir bo‘lganidan keyin qabul qilingan. Murakkab ob-havo sharoiti, yuqori harorat va kuchli shamol sababli mintaqaviy favqulodda xizmatlar vaziyatni o‘z kuchlari bilan nazorat qila olmagan.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, Madriddagi yong‘inlar sababli 10 mingdan ortiq kishi evakuasiya qilingan. Oqibatlarni bartaraf etishga 270 dan ortiq mutaxassis va 40 ga yaqin maxsus texnika, shuningdek, Tezkor harakat qilish harbiy bo‘linmalari (UME) jalb etilgan.

Bundan tashqari, yong‘in sababli Madrid va Barselona o‘rtasidagi tezyurar temir yo‘l tarmog‘ida harakatlanish vaqtincha to‘xtatilgan.

Kiritildi: 20:18 24.07.2026. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!