Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ispaniya suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga 72 ming yevro ajratadi

Ispaniya suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga 72 ming yevro ajratadi

Ispaniya hukumati mamlakatdagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga 72 ming yevro ajratadi.

Bu haqda hukumatning rasmiy nashrida chop etilgan qarorda aytiladi.

"Yordam miqdori 72 ming yevroni tashkil qiladi", — deyiladi hujjatda. Bundan tashqari, marhumning oila a’zosi jabrlanuvchiga moddiy jihatdan qaram bo‘lganligini isbotlash kerak emas. Noqulay ob-havo tufayli uylari butunlay vayron bo‘lgan shaxslar deyarli 60,5 ming yevro talab qilishlari mumkin.

Umuman olganda, Ispaniya hukumati suv toshqini oqibatlarini yumshatish uchun birinchi yordam paketi doirasida 10,6 milliard yevro ajratishga va’da berdi.

Kiritildi: 15:32 06.11.2024. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!