Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ispaniya Leopard tanklarining yangi partiyasini Ukrainaga topshiradi

Ispaniya Leopard tanklarining yangi partiyasini Ukrainaga topshiradi

Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles Ukraina bo‘yicha kontakt guruhining yig‘ilishida Madrid iyun oyida Kiyevga «Leopard» tanklarining navbatdagi partiyasini topshirishini aytdi, deb yozadi Ispaniyaning El Mundo gazetasi.

Uning xabarida aytilishicha, Robles, shuningdek, Ukrainaga turli o‘q-dorilar jo‘natish va ukrainalik harbiylarni tayyorlashni davom ettirishga va’da bergan.

Joriy yil boshida Germaniya Kiyevga 80 dan ortiq Leopard 1 A5 tanklarini yetkazib berish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.

Ramshteyn guruhining onlayn tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin yaqin orada Vashington Ukrainaga yangi yordam paketini jo‘natishini aytdi, unda zirhli mashinalar ham bor. Ostin qaysi avtomobillar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.

Pentagon rahbari, shuningdek, Ukraina NASAMS va Patriot havo mudofaa tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, shuningdek, yangi HIMARS, ko‘p martalik raketa-tashuvchilar, Stinger zenit raketalari hamda Javelin va AT-4 tankga qarshi tizimlari olishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 17:27 21.05.2024. O'qildi: 1113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!