Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ispaniya Kataloniya hukumatini sudga bermoqchi

A A A
Ispaniya Kataloniya hukumatini sudga bermoqchi

Kataloniya hukumatining xorijdagi faoliyati tiklanishi uning Ispaniya bilan sudlashuviga sabab bo‘lishi mumkin. 

Ispaniya tashqi ishlar vazirligi Kataloniya hukumatining Buyuk Britaniya va Irlandiya, Germaniya, AQSH, Italiya, Shveysariya va Fransiyada vakolatxonalari ochilishi bo‘yicha sudga da’vo arizasi tayyorlamoqda. Bu ofislar ishi 2017 yil oktyabrida Kataloniyada Madridning bevosita boshqaruvi kiritilgandan keyin to‘xtatilgandi. 

Ta’kidlanishicha, Kataloniya hukumati qaror qabul qilishdan avval buni Ispaniya hukumati bilan kelishmay va uni ogohlantirmay qonunni buzgan. Vakolatxonalarning ochilishida ham qonun buzilgan.

Ispaniya Kataloniya vakolatxonalarini ularning mavjudligi konstitusiyaga zid kelgani sababli yopib qo‘ygandi, chunki Ispaniya tashqi siyosati markaziy hukumat tomonidan amalga oshiriladi. Bundan yagona istisno Kataloniyaning Bryusseldagi vakolatxonasi bo‘lgan, biroq uning rahbariyati ham chetlatilgandi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 10:26 24.08.2018. O'qildi: 1154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik