Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ispaniya bosh vaziri lavozimidan chetlatildi

A A A
Ispaniya bosh vaziri lavozimidan chetlatildi

Ispaniya parlamenti mamlakat hukumati va bosh vaziri Mariano Raxoyga impichment e’lon qildi, deb xabar bermoqda "Reuters", dedi "kun.uz".

Ta’kidlanishicha, bunday qaror 2013 yilda avj olgan va hozirgacha surishtiruvdan o‘tkazilayotgan korrupsiya mojarosi tufayli qabul qilingan.

Impichment tashabbusi bilan Sosialistik partiya yetakchisi Pedro Sanches chiqqan. Taklifni 180 parlamentariy qo‘llab-quvvatladi, yana 169 nafari qarshi chiqdi, bir kishi betaraf qoldi.

Mamlakatning yangi bosh vaziri etib Sanchesning o‘zi saylandi. Kutilishicha, u dushanba kuni lavozimni egallaydi, shundan so‘ng yangi hukumat tarkibi shakllantiriladi.

Kiritildi: 12:25 01.06.2018. O'qildi: 1573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik