Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Islomni qabul qilgan rok yulduzi

A A A
Islomni qabul qilgan rok yulduzi

Mashhur rok qoshiqchi Ket Stivens 1975-yilda baxtsiz hodisaga duchor bo‘ldi. Ancha vaqtdan keyin bu haqda intervyuda gapirib beradi:

«Dengizga cho‘kayotganimda ahvolim og‘irligi hamda vafotim yaqinligini tushuna boshladim, shunda:

– Ey Robb, agar meni cho‘kishdan saqlab qolsang, men qolgan umrimni seni yo‘linga bag‘ishlayman deb yalina boshladim. Alloh saqlab qoldi.

Shundan keyin dastlab buddizm bilan, raqamlar bilan fol ochish va astrologiya bilan qiziqib yurdim. Keyinchalik birodarim Devid menga Qur’on kitobini sovg‘a qildi. Bu kitob meni hayotimni butunlay o‘zgartirib yubordi».

1977-yilda Ket Stivens qo‘shiqchilikni tashladi va Islom dinini qabul qildi. O‘z ismini Yusuf Islom deya o‘zgartirdi. Shundan so‘ng Yusuf Islom to‘plagan mablag‘larini musulmonlarni qo‘llab-quvvatlash jamiyatlariga, turli xayriya fondlariga o‘tkazdi. Iroq, Malayziya va Falastinda qiyinchilikda yashayotgan din qardoshlariga yordam berib, umrini islomga xizmat qilishga bag‘ishladi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 00:16 27.07.2018. O'qildi: 1955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik