Ozarbayjon Respublikasining poytaxti bo‘lgan Baku shahrida shu kunlarda Baku islom universiteti o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Islam.az nashriga tayangan holda Muslim.uz xabar berdi.
Kavkaz musulmonlari idorasi matbuot xizmati rahbari Rahim Dadashevning aytishicha, bu qarorga kelinishiga Ilohiyotshunoslik institutining ochilishi sabab bo‘lgan. Kavkaz musulmonlari idorasiga qarashli Baku islom universitetining yuqori bosqich talabalari o‘qishni yakunlaydilar, biroq yangi talabalar Ilohiyotshunoslik institutiga qabul qilinadi.