Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

“Islom davlati” terrorchilarining yirik homiysi qo‘lga olindi (video)

“Islom davlati” terrorchilarining yirik homiysi qo‘lga olindi (video)

Federal xavfsizlik xizmati Moskvada Islom davlati uyushmasi terrorchilarining yirik homiysini qo‘lga oldi. U 2015 yildan boshlab Suriyadagi terrorchilarning bank kartalariga 50 million rubl pul o‘tkazib bergan.

Qo‘lga olingan shaxs Guyev Georgiy Ruslanovich, Shimoliy Osetiyada tug‘ilgan.

Tergov ishida ma’lum bo‘lishicha, Guyevdan moddiy yordam olgan jangarilar Islom davlati * terrorchilik uyushmasi safida Suriya hududida urush qilgan.

FXXga ko‘ra, Guyev Muxajirun islom jamg‘armasi asoschisi Isroil Axmednabiyevga (terrorizm uchun qidiruvga berilgan) pul jo‘natgan.

Aniqlanishicha, pullar terrorchilik harakatlarini tayyorlash va amalga oshirish uchun sarflangan.

Guyevning uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida ekstremistik adabiyotlar, ko‘plab bank kartalari va ID boshliqlarining yo‘qnomalari yozilgan mobil telefonlar topilgan.

Kiritildi: 17:25 17.05.2019. O'qildi: 2105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!