Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Isiriq taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritildi

Isiriq taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritildi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin davlat nazorati ostida bo‘lishi shartligi belgilangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Ro‘yxatga yangi moddalar qo‘shilgan, jumladan Péganum hármala (rus tilida Gramala) o‘simligi ham kiritilgan. U O‘zbekistonda isiriq nomi bilan tanilgan.

Isiriq nega taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilganiga rasman izoh berilmagan. Bunga o‘simlik tarkibida psixotrop alkaloidlar mavjudligi sabab bo‘lishi mumkin.

O‘simlikning o‘nga yaqin nomi mavjud. U Eron va Tojikistonda «hazor ispand», Ozarboyjon va Turkmanistonda «yuzarlik», Qozog‘istonda «adiraspand», O‘zbekiston va Qirg‘izistonda «isiriq» nomi bilan mashhur bo‘lib, odatda xalq tabobatida og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida, shamollash va tumovga qarshi, ommaviy epidemiyalar paytida ishlatilgan

Kiritildi: 23:29 19.02.2024. O'qildi: 46832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!