Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ishxona va restoranlarga farrosh-robot ijaraga beriladi

A A A
Ishxona va restoranlarga farrosh-robot ijaraga beriladi

Yaponiyaning “Softbank Robotics“ kompaniyasi sun’iy intellektli farrosh-robotning taqdimotini o‘tkazdi. Kelgusi yildan boshlab bu robot ishxona va restoranlarga ijaraga beriladi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, mamlakatdagi xizmat ko‘rsatishning bu sohasiga oid eski muammoga yechim topish maqsadida bu robot ishlab chiqarildi.

“Kiodo Susin” agentligi xabariga ko‘ra, 65 santimetrli bu robot 32 kilogramm vaznga ega bo‘lib, o‘z xizmat doirasi yo‘nalishlarini yodida tutadi va to‘xtovsiz uch soat ishlashi mumkin. Robotni 200 dollar to‘lab bir oyga ijaraga olish mumkin bo‘ladi.

Manba: O‘zA

Kiritildi: 14:10 23.11.2018. O'qildi: 1704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik