Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

ISHID yetakchilaridan biri o‘ldirildi

A A A
ISHID yetakchilaridan biri o‘ldirildi

Suriyada Abu Umash ash-Shishani nomi bilan tanilgan 38 yoshli Tamaz Batirashvili o‘ldirildi. U ISHIDning «urush vaziri» bo‘lgan va keyinchalik o‘ldirilgan Tarxan Batirashvilining ukasidir. Bu haqida Gruziya mahalliy OAV xabar berdi.

Ash-Shishani 2013 yilda Suriyaga ISHID tomonidan janglarda ishtirok etish uchun jo‘nab ketgandi. Keyinchalik bu yerga o‘z xotini va to‘rt farzandini ham olib kelgan. Terrorchilik guruhida u katta ta’sirga ega bo‘lib, razvedka, kontrazvedka va qamoqxonalarni nazorat qilib kelgan.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 18:59 25.07.2018. O'qildi: 1280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik