Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ishdan bo‘shash uchun 15 kun ishlab berish shartmi?

Ishdan bo‘shash uchun 15 kun ishlab berish shartmi?

— Fevral oyida MCHJda operator lavozimida ish boshladim. 30 martda ahvolim yomonlashib, shifokorga murojaat qilganimda «Ikki tomonlama pnevmoniya» tashxisi qo‘yildi. Shartnomada ishlayotganim uchun «bolnichniy»ga chiqolmayman. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i «Yo ishga chiqing yoki bo‘shash uchun ariza yozing», dedi. «Sog‘ligim yaxshimas, bo‘shay qolaman», deganimda, 15 kun ishlab berishim kerakligini aytishdi. Rozi bo‘lmaganim uchun hali ham ishdan bo‘shatishmayapti. Bu vaziyatda meni qanday haq-huquqlarim bor?

D.J., Navoiy viloyati

Murojaatga fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi raisi G‘ayrat Ergashev javob beradi:
— Mehnat kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.

Ushbu Kodeksning 75-moddasiga ko‘ra, Mehnat shartnomalari:
- nomuayyan muddatga;
- besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;
- muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.

Ushbu Kodeksning 99-moddasiga ko‘ra, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart.

Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin.

Yuqorida qayd qilingan qonun talabidan kelib chiqib, ciz mehnat shartnomasini bekor qilishingiz to‘g‘risida ish beruvchini ikki hafta oldin ogohlantirgan holda bekor qilishga haqlisiz.

Kiritildi: 15:38 01.07.2022. O'qildi: 4299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!