Qonunchilik palatasi mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi.
📝 Loyihada:
🔹 ish haqi kechiktirilganda har bir kechikkan kun uchun kompensasiya to‘lash tartibi belgilanmoqda;
🔹 ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar qisqartirilib, asosan JSHSHIR talab qilinadi;
🔹 ERI va Face-ID orqali tasdiqlangan hujjatlar qo‘lda imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi;
🔹 mehnat jarayonida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi qo‘shimcha huquqiy kafolatlar joriy etiladi.
Qonun kuchga kirishi uchun hujjat Senat tomonidan ma’qullanishi va Prezident tomonidan imzolanishi lozim.