Eron Atom energiyasi tashkiloti Xalqaro atom energiyasi agentligiga (MAGATE) 13 iyun kuni sodir etilgan hujumdan beri Isfahon shahridagi yadroviy inshoot tashqarisidagi radiasiya darajasi o‘zgarmaganini ma’lum qildi.
Bu haqda MAGATE X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Avvalroq agentlik ushbu inshootdagi to‘rtta muhim binoga, jumladan, uran konversiyalash zavodiga zarar yetkazilgani haqida xabar bergan edi.
MAGATE Eronning Isfahondagi yadroviy inshootlariga bir necha bor hujum qilinganini ta’kidladi.
13 iyun kuni Isroil mudofaa kuchlari Isfahondagi yadroviy inshootga havodan zarba berilgani haqida xabar berdi. Uran ishlab chiqarish va boyitish inshootlari, laboratoriyalar va infratuzilma ob’ektlari vayron qilingan.