Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Is gazidan zaharlanganlar soni ortmoqda

A A A
Is gazidan zaharlanganlar soni ortmoqda

Joriy yilning 3 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi uy bekasi F.A.(ismli ayol) uyida isitish pechidan sizib chiqqan tabiiy gaz isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, shuningdek, Jizzax shahrida 3 dekabr kuni Qaliya mahallasida yashovchi B.K. uyida tabiiy gazni chala yonishi oqibatida, gaz isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan.   

Shuningdek, shu kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida yashovchi O.N.ni uyida isitish pechidagi tabiiy gazni chala yonishi oqibatida o‘zi va turmush o‘rtog‘i D.D. hamda o‘g‘li gaz isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilganlar. Barcha holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 12:39 04.12.2018. O'qildi: 1768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik