Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Iroqdan olib kelingan 3 nafar bolani kim asrab oldi?

Iroqdan olib kelingan 3 nafar bolani kim asrab oldi?

Ma’lumki, 10 oktyabr kuni “Mehr 2” gumnitar operasiyasi davomida Iroqdan O‘zbekistonga 60dan ortiq yosh bolalar vataniga qaytarilgan edi, IIBB xabariga asosan.

Ayni damda ushbu bolalarga O‘zbekiston hukumati tomonidan kerakli tibbiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatilmoqda. Toshkent shahar IIBB xodimlari ham ushbu jarayonda faol ishtirok etishmoqda.

Xususan, Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi Noir T. Ismli fuqaro Iroqdan olib kelingan 3 nafar bolalarni asrab olgan. Ularning ota-onalari o‘zga yurtlarda vafot etgan. Bolalarning ikki nafari tibbiy yordamga muhtoj – ular oyoqlaridan mahrum bo‘lishgan. Toshkentda shifokorlar bolalarga protezlar qo‘yib berishgan va ayni damda ular protez yordamida yurishga o‘rganishmoqda. Shifokorlar bolalar ahvolini  qoniqarli deb baholashmoqda.

Uchtepa tuman IIB xodimlari bolalarning hujjatlarini tezoq tayyorlab berishda va imkon qadar tezroq jamiyatga moslashishiga yordam berishmoqda.

 

Kiritildi: 14:36 15.10.2019. O'qildi: 3313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!