Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Iroqda yuzlab kishiga o‘lim jazosi tayinlandi

Iroqda yuzlab kishiga o‘lim jazosi tayinlandi

Iroq prezidenti ma’muriyati terrorchilik va qotillikda aybdor deb topilgan 340 kishiga tayinlangan o‘lim jazosi tasdiqlanganini bildirdi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.  

Ma’muriyatning ta’kidlashicha, mazkur qaror barcha konstitusion va huquqiy jihatlar o‘rganib chiqilgandan keyin qabul qilingan.  Iroq prezidenti ushbu o‘lim jazolarini 21 yanvar kuni Bag‘dodda ro‘y bergan teraktdan keyin tasdiqlagan. 

Iroq qonunchiligiga binoan terakt sodir etishda yoki uni tashkillashtirishda aybdor deb topilganlarga nisbatan o‘lim jazosi tayinlanadi. Konstitusiyaga ko‘ra, ushbu jazo prezident tasdiqlagandan keyingina ijro etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, 21 kuni Bag‘doddagi bozorlardan birida ikki xudkushning o‘zini portlatishi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 110 kishi yaralandi. Ushbu teraktni ISHID o‘z zimmasiga oldi.

Kiritildi: 05:00 26.01.2021. O'qildi: 2724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!